"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tomonidan doimiy ravishda taniqli ijodkorlar, shoiru yozuvchilar kombinatga taklif qilinib, ishchi-xodimlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etib kelinadi.
Mana shunday ijodiy uchrashuvlardan navbatdagisi joriy yilning 26-noyabr kuni Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi xotin-qizlari uchun tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, “Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Qutlibeka Rahimboyeva, “Saodat” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari, yozuvchi Feruza Oripovalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mehmonlar o‘z ijodlaridan namunalar ijro etishdi. Shuningdek, fabrika va zavodda mehnat qilayotgan havaskor xotin-qizlar ham o‘z ijod namunalarini namoyish etishdi.
Mehmonlar Mis boyitish fabrikasi sexlarida ham bo‘lishib, boyituvchi xotin-qizlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Iijodkorlar 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishi hamda muhandislar maktabi faoliyatini ham ko‘zdan kechirishdi.
Ijodkorlar kombinatning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini e'tirof etishdi. Ayniqsa, zavod va fabrikalarda erkaklar bilan tengma-teng mehnat qilayotgan xotin-qizlarni zamonamizning haqiqiy qahramonlari ekanligini ta'kidlashdi. Barchamizning sevimli jurnalimiz bo‘lgan “Saodat” jurnalining navbatdagi sonlarida kombinat faoliyati, xotin-qizlariga bag‘ishlangan maqola va ocherklar chop etilishini bildirishdi.
Axborot xizmati