Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashabbusi bilan shahrimiz yo‘llari muntazam ravishda ta'mirlanib kelinmoqda.
Jumladan, Olmaliq-Piskent tutashuvchi yo‘l qatnov qismidagi yo‘lning 4,5 kilometriga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Bundan tashqari, Ohangaron tumani(Tepapodxoz-Sovuqbuloqsoy)dagi yo‘lning 4 km. hududida ham ta'mirlash ishlari olib borildi.
Yo‘llarning ta'mir ishlari va asfalt yotqizish ishlari «Olmaliqmetallurgqurilish» trestining qurilish mollari va konstruksiyalar ishlab chiqarish boshqarmasi yo‘lsozlari tomonidan amalga oshirildi.
- Olmaliq-Piskent tutashuvchi yo‘l qatnov qismi, ayniqsa, «Ammofos-Maksam» korxonasiga yaqin yo‘l ta'mirtalab holatga kelib qolgan edi. Bu haydovchilarga noqulaylik tug‘dirayotgan edi,- deydi korxona xodimi Quvondiq Turdiqulov. - Hozir yo‘lar ravon, haydovchilarning harakatlanishiga ham qulay. Avval yo‘lning yomonligidan marshrutli taksi(liniya)lar ham korxona hududiga kelmas edi. Endi hammasi kelyapti, ishchilar ham yarim yo‘lda qolib ketmayapti. Mana shunday savob ishlarning boshida turgan kombinatga rahmat aytib qolaman.
Umid Almatov haydovchi: Haqiqatdan ham Piskent yo‘lidan yurishga yuragim bezillardi. O‘nqir cho‘nqir yo‘llar haydovchi va yo‘lovchilarga birday azob berardi. Mana kombinat rahbariyatining xayrli tashabbusi bilan yo‘l ravonlashdi. Hamma mamnun. OKMKga haydovchilar nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Axborot xizmati