Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Aprel oyida mamlakatimizda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli yo‘llarda chuqurchalar paydo bo‘lib, bu esa yo‘llarda harakatlanayotgan avtomobillarga noqulaylik tug‘dira boshladi. Ushbu muammo shahrimizni ham chetlab o‘tmadi. Kuchli yog‘ingarchilik sabab shahrimizning ko‘plab ko‘chalarida ham katta kichik chuqurchalar paydo bo‘ldi. OKMK rahbariyatining tashabbusi bilan yuzaga kelgan muammolar zudlik bilan bartaraf etildi.
Jumladan, “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqarish boshqarmasining asfal't yotqizish ishlari uchastkasi tomonidan nosoz holga kelgan yo‘llar ta'mirlandi.
Xususan, shahrimizning Ipak yo‘li, Amir Temur, “Mustaqillik” ko‘chalari hamda Isiqlik elektr markazi – Mis boyitish fabrikasi avtoyo‘lida jami bo‘lib 750 m kvadrat hudud ta'mirlandi.
Shuningdek, birlashgan chiqindi to‘plash ombori(OXX)- Mis boyitish fabrikasi avtoyo‘lining 4000 m kvadrat hududi soz holatga keltirildi.
“Metallurglar” ko‘chasi(530 m kvadrat), Poklonskiy ko‘chasidagi 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti hududi(2000 m kvadrat)dagi yo‘llardagi chuqurchalar ham to‘liq ta'mirlandi.
Bundan tashqari, harbiy qism joylashgan hududdagi yo‘lning 656 m kvadrati ham ravon holga keltirildi.
Rux zavodi, Mis boyitish fabrikasi, Avtomobil' transport boshqarmasi, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi sexlarida ham uchastka ishchilari tomonidan obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinayapti.
OKMK tomonidan shaharimiz obodligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bardavomlik kasb etadi.
Axborot xizmati