Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 22-aprel kuni 28-aprel - "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan "Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi kengashi, Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo'limi bilan hamkorlikda, kombinat tarkibiy bo'linmalarida "OKMK yoshlari xavfsiz mehnat tarafdori" shiori ostida davra suxbatlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Mis eritish zavodi hamda Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi bilan hamkorlikda Mis eritish zavodi faollar zalida korxona Mehnat muhofazasi va sanoat havfsizligi boʻlimi hamda Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatining birinchi qismida Mehnat muhofazasi toʻgʻrisida kengroq tushuncha berildi.
Tadbirning asosiy qismida Mis eritish zavodida oxirgi 5 yil mobaynida boʻlib oʻtgan baxtsiz hodisalar video roliklar orqali namoyish etildi. Baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari tadbir ishtirokchilariga toʻliq tushuntirildi va kelgusi ish faoliyatlarшda bunday xatolarga yoʻl qoʻyilmaslik, shunday holatlarda ishchi-xodimlar tomonidan birinchi yordam koʻrsatish haqida batafsil tushuntirildi.
Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
S.Xolbayev,
Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi rahbarining Yoshlar masalalari boʻyicha yordamchisi.
N.Abduraximov,
Mis eritish zavodi rahbarining Yoshlar masalalari boʻyicha yordamchisi.