"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332026-yil 29-aprel kuni “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Kombinat yulduzchalari” nomli musiqiy festival ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbir “Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilib, unda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining iqtidorli tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etdi.
Festivalning asosiy maqsadi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni san’atga jalb etish hamda musiqa orqali estetik didini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida kichkintoylar o‘zlarining vokal, xoreografik va sahnaviy mahoratlarini namoyish etdilar.
Festival boshida tadbirning maqsad va vazifalari e’lon qilinib, ishtirokchi jamoalar tanishtirildi. Shundan so‘ng, sahnada bir-biridan qiziqarli va rang-barang chiqishlar namoyish etildi.
Har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti 16 nafargacha tarbiyalanuvchidan iborat ijodiy guruh bilan qatnashib, oldindan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini taqdim etdi. Bolalar jonli ijroda qo‘shiqlar kuylab, raqs va sahnalashtirish orqali tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdilar.
Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanib, festival yakunida 14 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Barcha ishtirokchilar munosib taqdirlanib, faol qatnashchilar e’tirof etildi.
Festivalning eng yuqori mukofoti — GRAN-PRI 39-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga nasib etdi. Ularning chiqishlari yuqori saviyadagi ijrosi, sahna madaniyati, ijodiy yondashuvi va jamoaviy uyg‘unligi bilan ajralib turdi hamda hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori bahoga loyiq deb topildi.
Mazkur festival bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. “Kombinat yulduzchalari” festivali kelgusida ham yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi an’anaviy tadbirlardan biri sifatida davom etishi kutilmoqda.
Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Maktabgacha ta’lim bo‘limi