• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinatda baliqchilik sohasi rivojlantiriladi

07 Aprel 2022, 12:43 1134

Xalqimiz orasida luqmai halol nomi bilan mashhur bo‘lgan baliq inson organizmi uchun bebaho ne'mat sanaladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda baliqchilik sohasi rivojlanib bormoqda. Bu esa xalqimizning baliqqa bo‘lgan ehtiyojini qondirib kelayapti. OKMK Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi tasarrufidagi “Qiziloy” suv havzasida ham mana bir necha yillardan buyon baliq boqilayapti.

Ushbu suv havzasida baliqchilik xo‘jaligini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida eronlik soha mutaxassisi, professor Muqaddam Muhammad Rizo janoblari taklif etildi.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi mas'ullari yordamida OKMK rahbariyati va eronlik mutaxassis o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda “Qiziloy” suv havzasida intensiv tarzda hamda basseynlarda baliq yetishtirish masalalari muhokama etildi.

Yetishtirilgan baliqlar ishchi-xodimlarga arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi va kombinat oshxonalari hamda bog‘chalariga berilishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Erondagi yirik baliqchilik kompaniyasi vakili Muqaddam Muhammad Rizo janoblari(soha fan doktori) “Eron-O‘zbekiston Sharq baliqlari” qo‘shma loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ushbu korxona ta'sischilaridan biri hisoblanadi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech