• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinatda ijtimoiy sohaga e'tibor yuqori

25 Sentyabr 2023, 14:41 351

Kuni kecha OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 2023-2024 o‘quv yiliga bag‘ishlangan hamda 1-oktyabr -  O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha OKMK boshqaruv raisining o‘rinbosari Sa'di Shermatov ishtirok etib, MTT tarbiyachi, pedagoglari tomonidan tayyorlangan ilmiy, innovatsion metodik ko‘rgazmalar, "Ilk qadam" davlat dasturi asosida tashkil etilgan rivojlanish markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Ta'kidlash joizki, ayni vaqtda kombinat tarkibidagi 15 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3300 nafardan ziyod kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari ta'lim-tarbiya olishmoqda.

MTTlarda bolalarning sog‘lom va xavfsiz tarbiyalanishlari uchun kombinat tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Tadbirda OKMK boshqaruv raisi o‘rinbosari Sa'di Shermatov MTT mudiralari, tarbiyachi-pedagog, hamshiralarga mehnat va yaxshi natijalar uchun minnatdorchilik bildirib, kombinat kelgusida ham ijtimoiy sohalar rivoji, yosh avlodni barkamol voyaga yetishi uchun amaliy choralarni davom ettirishini ta'kidladi hamda bir guruh faollarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech