• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinatda ta'lim jarayoni raqamlashtirildi

16 Yanvar 2023, 16:14 994

Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. So‘nggi yillarda mazkur jarayonlar takomillashtirilib, sohada bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim nafaqat bog‘cha, maktab, oliygohda balki ishlab chiqarish jabhasida ham o‘ta muhim sanaladi. Sababi, mutaxassis kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilash, korxona va tashkilotning barqaror ishlashini ta'minlaydi.

Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining O‘quv markazi ham kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda O‘quv markazida dars o‘tish jarayonlari yangi bosqichga o‘tkazildi. Sohaga qo‘llanilgan raqamlashtirish tizimi samarali bo‘layapti.

Jumladan, kombinat xodimlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda, onlayn o‘qitish maqsadida “Learning management system” dasturiy ta'minoti ishga tushirildi.

Ushbu tizim kombinat ishchi-xodimlarini maksimal qamrab oladi. Unda interfaol usullar qo‘llaniladi, bu esa ta'lim sifatini oshiradi. Bitta kurs, ma'ruza va seminarlar, taqdimot hamda video darslardan iborat.

Ta'kidlab o‘tish joizki, dastur mutahassislarning  malakasini oshirish va qayta tayorlash uchun kombinati xarajatlarini kamaytiradi. Natijada yiliga 10 000 nafar xodim o‘qitiladi va o‘qitish xarajatlari 15 foizga qisqaradi.

O‘quv kursi tinglovchilarining darslardagi ishtirokini va faolligini dasturiy ta'minot tekshirib boradi va o‘qituvchiga bu haqda xabar beradi. Bundan tashqari, har bir mavzu yakunida ochiq va yopiq testlardan tashkil topgan savollar taqdim etiladi. Bu esa ishtirokchilarning mavzuni qanchalik o‘zlashtira olganligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, tizimda elektron kutubxonadan foydalanish, oldingi darslarni qayta ko‘rish, o‘qituvchi bilan individual bog‘lanish mumkun. Ahamiyatli tomoni, Dasturning mobil ilovasi ham mavjud.

Muxtasar aytganda, sohada raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, sifatli ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyat yaratib berishi bilan ahamiyatlidir.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech