• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Kombinatda xotin-qizlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

12 Fevral 2025, 8:29 491

Joriy yilning 11-fevral kuni Markaziy analitik laboratoriyasida Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashining ayollar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda ayollar salomatligi profilaktikasi, onalik va bolalik muhofazasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Uchrashuvlarda asosiy e'tibor mana shu masalalarga qaratilmoqda.

Tadbirda OKMK boshqaruv raisi maslahatchisi Kamola Umaralieva kombinat rahbariyatining asosiy maqsadi va qadriyati  ham ijtimoiy siyosat, mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ayollar salomatligini himoya qilish ekanini ta'kidladi.

Tadbirga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali shifokorlari taklif etilib, tibbiy seminar tashkil etildi.

- Inson hayoti va salomatligidan aziz ne'mat yo‘q. Buni har birimiz o‘zimiz to‘g‘ri anglab, sog‘lom turmush tarziga amal qilsak, ko‘plab muammolarning oldini olamiz, deb ta'kidladi shifokor onkolog Muqaddas To‘xtaboyeva.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu