Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinatning 3 avlodi o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

03 Sentyabr 2026, 13:18 137

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayramiga bag‘ishlab, OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi va Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan kombinatning uch avlodi o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Kombinatning har bir tarkibiy bo`linmalaridan ishtirok etgan jamoalar tarkibi 6 nafardan iborat bo`lib, 2 nafari — 30 yoshgacha, 2nafari — 30 yoshdan katta va 2 nafari — ishlamaydigan pensionerlar ishtirok etishdi.

O‘yinda Mustaqillik sanalariga, kombinatimiz, shahrimiz va Vatanimiz tarixiga oid mantiqiy savollarga 3 avlod bilimdonlaridan iborat jamoalar berilgan 1 daqiqaichida javob topishdi.

Juda qizg‘in kechgan o‘yinda g‘oliblik Sanoat temiryo‘ltransporti boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.

2-o‘rinni esa Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Mis eritish zavodi, Angren kon boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasi va Avtomobil transporti boshqarmasi jamoalarining to‘plagan ballari teng kelib qolib, ular uchinchi o‘rin uchun bellashishdi.

Qo‘shimcha savolga javob topgan Mis boyitish fabrikasi jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.
G‘oliblar kasaba uyushmasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech