• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Komissiyalar faoliyati sarhisob qilindi

26 Oktyabr 2022, 16:5 872

Joriy yilning 25-oktabr kuni “Metallurg” MSda OKMK tarkibiy bo‘linmalari kasaba uyushmasi qo‘mitalari ma'naviyat va ma'rifat komissiyalari raislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va  “Ma'naviyat va ma'rifat” Kengashlarining bayonnomalarining mazmun-mohiyatini o‘rganish va tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olish borish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida har bir tarkibiy korxonadagi komissiya raislari 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot berishdi.

Shuningdek, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi komissiyasi raisi Inoyat Azizova so‘zga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma'lumotlar berib o‘tdi. Mazkur boshqarma komissiyasi faoliyati boshqa komissiyalarga namuna sifatida ko‘rsatildi.

Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi hamda Qalmoqqir kon boshqarmasining yangi saylangan komissiya raislariga faoliyatlari yuzasidan yo‘nalish va ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuniga tayyorgarlik ko‘rish masalasi bo‘yicha ham muhokama o‘tkazildi.

Farog‘at Matkarimova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi qoshidagi

Ma'naviyat va ma'rifat komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech