"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasida "Favqulotda vaziyatlarni oldini olish va yongʻin xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda" mavzusida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Seminarda kombinat obektlarida yongʻin xavfsizligini ta’minlashni tashkil etishni ta’minlash boʻlimi boshligʻi A.Axrorov, Fuqaro muhofazasi otryadi komandirining yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari R.Qurbanov hamda korxona muhandis texnik xodimlari va ishchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda mas’ullar tomonidan respublikamiz, viloyatda va shahrimizda sodir boʻlgan yongʻinlar va ularning oqibatlari haqida ma’lumotlar taqdim etilib, yongʻinlarni oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Seminarning koʻrgazmali qismida oʻt oʻchirish vositalari va jangovar texnikalari namoyish etildi. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar tarkibi olovni birlamchi oʻt oʻchirish vositalari yordamida oʻchirishni koʻrsatib berishdi.
Boshqarma koʻngilli oʻt oʻchiruvchilariga qoniqarli bahosi qoʻyildi.
Seminarda faol qatnashgan ishchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
H.Nishonboev,
Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan
foydalanish boshqarmasi MM va TX muhandisi