• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Komplayens-nazorat tuzilmalari xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi

08 May 2024, 13:22 303

Joriy yilining 7-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (komplayens-nazorat) xodimlari uchun “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish:  “e-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish, korrupsiyaviy havf-xatarlarni aniqlash va baholash masalalari” mavzusida onlayn seminar-trening o‘tkazildi.

Unda davlat organlari va tashkilotlarining markaziy, hududiy va tasarrufidagi tizim tashkilotlaridagi komplayens-nazorat tuzilmalarining 470 nafardan ortiq xodimi ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga "Mintaqaviy muloqot" xalqaro nodavlat tashkilotining huquq bo‘yicha eksperti Goran Klimentich korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, baholash va oldini olish choralari, bu borada Sloveniya tajribasi xususida atroflicha maʼlumot berdi. 

Seminar-trening doirasida Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida 2024-yilda amalga oshirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etishda uchrayotgan muammolar, faoliyatni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar o‘rganish va tahlil natijalari asosida ochiq muhokama qilinib, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Seminarda OKMK Komplaens nazorat xizmati boshligʻi Shuhrat Joʻrayev ham ishtirok etdi.

Agarda siz kombinatda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz +9989 70 619-23-33 ishonch telefoniga yoki Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz electron pochtasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech