• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kon-geologiya vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi

01 Iyul 2024, 11:5 821

2024-yil 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda vazirlik markaziy apparati hamda videokonferensaloqa orqali uning tizimosti tashkilot, korxona, muassasa va aksiyadorlik jamiyatlarining xodimlari ishtirok etishdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi mas’ul xodimi F.Yunusov markaz faoliyati, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi, “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan asosiy maqsad va vazifalar, bevosita vazirlik-idoralar, jumladan Kon-geologiya vazirligi amalga oshiradigan chora-tadbirlar haqida taqdimot qildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari “Uzbekistan2030.uz” platformasi xususida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari ham ishtirok etishdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech