• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konchi-metallurglar bayrami OKMKda keng nishonlanadi

10 May 2023, 9:59 5293

Bu haqda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning “O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni kasb bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida belgilandi.

Buyruqqa ko‘ra, O‘zbekistan Respublikasi kon-metallurgiya sanoati xodimlari kunini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va nishonlashni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, buyruqda tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan muassasalarda xayriya bayram tadbirlarini o‘tkazish ham aks etgan.

Bundan tashqari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga tarkibiy bo‘linmalar hududlarini kon-metallurgiya sanoati xodimlari kunini nishonlashga bag‘ishlangan plakatlar, shiorlar va bannerlar bilan bezatishlari lozimligi belgilandi.

O‘zbekistan Respublikasi kon-metallurgiya sanoati xodimlari kunini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va nishonlashni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda bayram tadbirlar tashkil etiladi.

Bayram munosabati bilan joriy yilning 19-may kuni tashkil etiladigan katta xalq sayli hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlariga manzur bo‘lishi shubhasiz.

Shuningdek, “Metallurg” madaniyat saroyi atrofida kombinati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, maketlar va ayrim turdagi maxsus texnikalarning ko‘rgazmasi, turli xil sport musobaqalari barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishlaydi.

OKMK sport kompleksida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan taniqli o‘zbek estrada xonandalari ishtirokidagi bayram konserti ham ayyomni ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta'minlaydi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech