• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konchilar malakasi oshirildi

30 Noyabr 2022, 9:29 1226

Chodak kon boshqarmasi rahbariyatining kombinati rahbariyatiga qilgan murojaatiga asosan 7 nafar mutaxassislari Kovuldi konida stajirovka o‘tashdi.

Joriy yilning 7-25 noyabr kunlari stajirovka o‘tagan chodaklik konchilar stajirovka davomida asosan foydali qazilmalarni qazib olishning yerosti usulida foydalaniladigan texnika vositalari bilan ishlash bo‘yicha malakalarini oshirishdi.

Bundan tashqari, yerosti konida ishlovchi, rudalarni tashishda foydalaniladigan texnika vositalarini ta'mirlash va ularga servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi.

Stajirovka o‘tagan konchilarga Kovuldi konida ko‘p yillar davomida mehnat qilgan tajribali mutaxassislar biriktirildi.

Stajirovka nihoyasida konchilardan 3 hafta olgan bilim va ko‘nikmalari yuzasidan malakaviy kommissiya tomonidan sinov o‘tkazildi. Sinov jarayonidan 7 nafar Chodak KB xodimlari muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Ularga stajirovka o‘tgani va malakalarini oshirganliklari to‘g‘risida guvohnomalari taqdim etildi.

Bu kabi stajirovkalar mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashishlari, sohalari bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

G‘ayrat Baymakov,

O‘quv markazi katta ustasi

Bo`lishmoq:
Text to speech