Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konchilarda jamoaviy sport turi rivojlantirilmoqda

11 Fevral 2025, 13:13 617

2025–yilning 9-fevral kuni Kovuldi koni bo‘lim va uchastkalari o‘rtasida jamoaviy sport turi hisoblangan voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi.

Kon Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada

1-o‘rinni “Yer osti uchastkasi” jamoasi egallab g‘oliblikni qo‘lga kirirtishdi.

2-o‘rin “Shaxta usti uchastkasi” jamoasiga nasib etdi.

3-o‘rinni “Kon muhandis-texnik xodimlari” jamoasi egalladi.

Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, ishchi-xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Muslimbek Abdumannobov,

Kovuldi koni sport yo‘riqchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech