• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Konchilarga sertifkatlar topshirildi

19 Yanvar 2022, 15:25 1572

2021-yil 14-27 dekabr kunlari OKMK O‘quv markazi hamda MTTU MISiS Olmaliq filiali hamkorligida Kovuldi koni ishchi-xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Tasdiqlangan jadval asosida 46 nafar ishchi-xodimga 30 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Filialning kon ishi kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar olib borildi. Kursni tugatgan tinglovchilar test savollari bo‘yicha olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Mashg‘ulotlarda konlarni qazib olishda duch kelinayotgan muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar berildi.

2022-yilning 18-yanvar kuni malaka oshirgan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Muhiddin Qosimov,

MTTU MISiS Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasi konchilik ishlari bo‘yicha dotsent

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu