Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, ayni kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 2023-yilda jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan mehnat jamoalari konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 26-yanvar kuni Qalmoqqir kon boshqarmasi mehnat jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada kon boshqarmasi mas'ullari tomonidan 2023-yildagi vazifalarning ijrosi bo‘yicha hisobot berildi.
Shuningdek, kombinat jamoa shartnomasining 2023-yilda Qalmoqqir KBda bajarilishi bo‘yicha kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Abbos Tursunovning hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, amalga oshirilgan tadbirlar, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasining har bir komissiyasi faoliyati bo‘yicha ham hisobot berildi.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan delegatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Tadbir davomida “Olmaliq KMK” AJ korxonalari kasaba uyushmalari hisobot konferensiyaga delegatlar saylab olindi.
Konferensiyada 2023-yilda Qalmoqqir KBda jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Shuningdek, 26-yanvar kuni Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasida ham 2023-yilda jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan konferensiya o‘tkazildi.
Unda mehnat jamoasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi rais Sherzod G‘aniyev 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasida belgilangan vazifalarning ijrosi bo‘yicha hisobot berdi.
O‘tkazilgan tadbirlar, ishchi-xodimlarga va ularning farzandlariga ko‘rsatilgan yordamlar, mehnat faxriylari uchun amalga oshirilgan moddiy ko‘maklar bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Muzokaralar davomida delegatlar jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbirda 2023-yilda Angren KBda jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Axborot xizmati