Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 23-sentyabr kuni Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining akademigi, professor “Olmaliq KMK” AJ bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari Abdurashid Hasanov ilmiy-pedagogik faoliyatining 45 yilligiga bag‘ishlangan “Konchilik va metallurgiya fanining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli anjumanni o‘tkazishdan maqsad, O‘zbekiston respublikasida konchilik va metallurgiya ilmining riovjlanishi uchun muhokama maydonini tashkil etish edi. Anjumanda bu maqsadga erishildi. Ya'ni, kattiq foydali qazilmalar, geologiya va qidiruv ishlari hamda qayta ishlash masalalari, noyob, noyob yer va nodir metallar zamonaviy metallurgiyasining tendensiya va istiqbollari, tabiiy va texnogen konlarda sanoat xavfsizligi va ekologiya kabi dolzarb masalalar mamlakatimizdagi nufuzli oliygohlardan, qo‘shni respublikalardan tashrif buyurgan ilm-fan arboblari, professor va akademiklar bilan hamkorlikda muhokama qilindi. Shuningdek, olim Abdurashid Hasanovning ilmiy faoliyati, olimlar bilan hamkorlikda olib borayotgan ilmiy izlanishlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Akademik Abdurashid Hasanovning uzoq yillik ilmiy izlanishlari, tadqiqotlari, erishilgan natijalar bugun nafaqat ilm-fanda, balki ishlab chiqarishda ham o‘z samarasini berib kelmoqda.
500dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar, jumladan, 28ta mualliflik guvohnomasiva patentlari, 28ta monografiya, 14ta darslik va 20dan ortiq turli janrdagi risola va kitoblar muallifi bo‘lshgn akademik Abdurashid Hasanov yoshlarning ham munosib ustozidir.
Olimning butun umrini baxshida etgan ilmiy ishlari, izlanishlari, yozgan kiitoblari, ixtirolari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirandi. Bugun uning ko‘ksini “Mehnat Shuhrati” ordeni, “Konchilik shuhrati” va “Shaxtyorlik shuhrati” ko‘krak nishonlari, “Kasbiga sodiqligi uchun” jamoatchilik medali hamda Jenevada olingan “Ixtirochilik uchun” oltin medallari bezab turibdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirokchilar OKMK rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashib, OKMKning investitsiyaviy loyihalari bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Ilm-fan jamoatchiligi vakillari anjuman doirasida Milliy texnologik tadqiqotlar universtiteti “MISiS” Olmaliq filialining o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalari, axborot resurs markaziga ham tashrif buyurishdi.
Ilmiy-amaliy anjuman doirasida “Rudalar va metallar” nashriyot uyi hamda “Olmaliq KMK” AJ o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Ham fan arbobi, ham jamiyatdagi ijtimoiy siyosiy hayotda doim faol bo‘lgan akademik Abdurashid Hasanovga eng mashaqqatli, ammo sharafli, shu bilan birga ulkan sabru qanoat talab etadigan ilm-fan yo‘lidagi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Axborot xizmati