• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ko‘ngillarni shodlantirgan e'tibor va g‘amxo‘rlik

20 Mart 2024, 13:28 333

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir bayram arafasida keksa avlod vakillari hamda mehnat faxriylariga, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga e'tibor va g‘amxo‘rlik yaxshi bir an'anaga aylangan.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida ham ularga ehtirom ko‘rsatilib, ayyom tuhfalari tarqatildi.

Jumladan, 148 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlar, 28 ta boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat jamlamalari ajratildi.

Shuningdek, 13 nafar mehnat fronti faxriylariga, 68 nafar baynalmilal jangchilarga va 4 nafar Chernobil AES falokatini bartaraf etishda ishtirok etganlarga ham oziq-ovqat jamlanmalari va moddiy yordam pullari tuhfa etildi.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan maxsus muassasalarda ham bayram tadbirlari tashkillashtirilmoqda.

Xususan, Olmaliq shahridagi 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida(Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi), Angren shahar 34-sonli maxsus internat maktabida(Angren kon boshqarmasi), Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Saxovat" uyida(Xondiza kon boshqarmasi), Olmaliq shahar 6-sonli yordamchi ixtisoslashtirilgan maktabida(Kovuldi koni) Ohangaron tumanidagi “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida(Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi) hamda Piskent tumani 79-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati kabi (Olmaliqmetallurgqurilish tresti) muassasalarda ham bayram dasturxoni yozilib, tadbirlar o‘tkazildi.

Nuroniylar va ta'lim muassasalari o‘quvchilari Prezidentimiz boshchiligida inson qadri uchun tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang bunday e'tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech