• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

06 Dekabr 2023, 12:2 407

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan e'tiboran kuchga kirdi. Bunga 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, Konstitusiya 65 foizga yangilangan.

Ushbu ma'lumotlar joriy yilning 5-dekabr kuni Mis boyitish fabrikasi faollar zalida tashkil etilgan “Konstitusiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan seminarda bildirildi.

Bosh qomusimizning 31 yilligi munosabati bilan OKMK rahbariyati tashabbusi asosida tashkil etilgan “Inson qadri uchun”  shiori ostidagi tadbirda  Falsafa fanlari doktori, dosent, psixolog Olim Abdurasulov,  Olmaliq shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor, podpolkovnik Gulnoza Sabrieva hamda Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda so‘z olgan mas'ullar yangi tahrirdagi Qomusimizning mazmun-mohiyati, unda aks etgan haq-huquqlarimiz, burchimiz bo‘yicha to‘liq ma'lumot berishdi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi - deydi O.Abdurasulov. - Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitusiyasida davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlariga taalluqli normalar 3 barobar ko‘paydi. Eng muhimi, Asosiy Qonunimizda birinchi marta “O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” (1-modda), degan norma belgilandi.

Ijtimoiy davlat, deganda, avvalo, o‘z fuqarolariga muayyan minimal farovonlikni kafolatlaydigan davlat tushuniladi. Yangi O‘zbekistonning asosiy maqsadi — har bir fuqaroga g‘amxo‘rlik qilish, inklyuziv rivojlanish, aholining barcha qatlami uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlashdan iborat.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Malohat Dostova,

Mis boyitish fabrikasi xotin-qizlar maslahat kengashi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech