Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi Tikuv mahsulotlari sexida mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar bilan "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda OKMK boshqaruv raisi maslahatchilari Kamola Umaraliyeva, Azamat Mavlonov hamda Yuridik departamenti mutaxassisi Nilufar Yusupovalar tomonidan sex jamoasiga qonunchilik islohotlarining hayotimizdagi ahamiyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini konstitutsiyaviy kafolatlari, saylovlar va boshqaruvda ayollarga ajratilayotgan kvotalar va boshqa ko‘plab imtiyozlar misollar bilan tushuntirib berildi.
- Bugun har bir inson o‘z hayotida islohotlarning aksini ko‘rmoqda, his qilmoqda, - deydi so‘zga chiquvchilar. - Birgina misol, yurtimizda majburiy mehnatga mutlaqo berham berilgani bir necha yillar avval yurtdoshlarimiz uchun ertakdek edi. Bugun vaqtingizni paxta dalasida emas, ilm olish va samarali mehnatga sarf etishingiz qanchalar zavqli.
Shuningdek, tadbirda Inson huquqlari, Ijtimoiy muhofaza, Gender tenglik, O‘qituvchilarning obro‘si va sha'ni himoyasi, davlat va nodavlat oliy ta'limni qo‘llab-quvvatlanishi va boshqa ko‘plab imtiyozlar sanab o‘tildi.
Bu islohotlarning barchasi yangi O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasida Inson qadri va sha'ni qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yilganidan dalolatdir.
Shuningdek, uchrashuv davomida shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Zo‘ravonlikka qarshi faol 16 kun" aksiyasi doirasida ham targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir so‘ngida faol xotin-qizlar kitob-jurnallar bilan rag‘batlantirildilar.
Bu kabi targ‘ibot tadbiri Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi xotin-qizlari uchun ham tashkil etildi.
Axborot xizmati