Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida Bosh Qomusimizning 32 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Mana shunday targ‘ibot tadbirlaridan navbatdagisi 5 dekabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasida tashkil etildi.
Tadbirda OKMK boshqaruv raisining maslahatchilari Kamola Umaraliyeva va Azamat Mavlonov hamda Texnik bo‘limi yetakchi muhandisi Nargiza Atakulovalar ishtirok etishdi.
Mas'ullar Yangilangan Konstitutsiyamizda inson manfaatlari ko‘zlanganligini ta'kidlashdi.
Shuningdek, “Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati” mavzusida Rux zavodi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti va 33-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ham ma'naviyat soatlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirlarda ishtirok etgan OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi bosh mehnat huquqi inspektori Mirshohid Mavlyanov Konstitutsiya orqali belgilab berilgan huquqlar, imtiyozlar haqida, mehnat munosabatlari, ish beruvchining majburiyatlari, xodimlarning majburiyatlari to‘g‘risida keng ma'lumotlar berdi.
O‘tkazilgan tadbirlarda olib borilayotgan islohotlarning asosi Konstitutsiyamiz ekanligi ta'kidlandi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: