Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ro‘y berayotgan barcha o‘zgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jahon hamjamiyatida zamonaviy demokratik qonunchilik namunasi sifatida e'tirof etilmoqda.
Yangilangan Konstitutsiyamizning targ‘iboti bo‘yicha tadbirlar Issiqlik elektr markazi, Mis eritish zavodi va Kovuldi koni mehnat jamoalarida o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda qonunchilik islohotlarining hayotimizdagi ahamiyati, Inson huquqlari, Ijtimoiy muhofaza, Gender tenglik, O‘qituvchilarning obro‘si va sha'ni himoyasi, davlat va nodavlat oliy ta'limni qo‘llab-quvvatlanishi va boshqa ko‘plab imtiyozlar sanab o‘tildi.
Bu islohotlarning barchasi yangi O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasida Inson qadri va sha'ni qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yilganidan dalolat ekanligi ta'kidlandi.
Bu kabi tadbir Elektr tarmoqlari boshqarmasida ham tashkil etilib, unda OKMK boshqaruv raisining maslahatchilari K.Umaraliyeva va A.Mavlonov, Yuridik departamenti mutaxassisi N. Yusupovalar ishtirok etishdi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: