Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”

04 Dekabr 2025, 9:3 122

Mamlakatimizda inson hayoti va erkinligi, huquq va manfaatlari, xavfsizligi, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, sha’ni va qadr-qimmati kafolatlari eng avvalo bosh qomusimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan.

Bugun davlatimiz va jamiyatimiz hayotidagi muhim islohotlar, milsiz ijobiy o‘zgarishlar-u yuksalishlarning barchasi eng avvalo, mustaqil O‘zbekistonning o‘z manfaatlari va irodasini mustahkam ifoda etuvchi Konstitutsiyasi borligi sababdir.  

Shu kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida  “Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda ayni shu fikrlar  misollar bilan keng e’tirof etilmoqda.  Tinch va ozod, obod va osuda hayotimiz kafolati bo‘lgan bosh   Qomusimizni har birimiz qadrlashimiz,  yoddan bilishimiz shart va zarur.

Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, Mis eritish zavodi va Mis boyitish fabrikasi kabi mehnat jamoalarida o‘tkazilgan targ‘ibot  uchrashuvlarida O‘zbekiston qahramoni Saydali Rahmonov, OKMK boshqaruv raisining maslahatchilari Kamola Umaraliyeva, Azamat Mavlanov, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, jurnalist Oysara Dadayeva, Markaziy apparat Yuridik departamenti sektor boshlig‘i  Nilufar  Yusupovalar ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirlar davomida ishchi-xodimlar uchun jurnalist Oysara Dadayeva muallifligida chop etilgan "OKMK: Yashil iqtisodiyot sari" hamda "Toshlardan taralgan ohang" kitoblari taqdimoti tashkil etilib, korxonalarning rahbarlariga OKMK Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan ushbu kitoblardan ikki nusxadan topshirildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech