Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov, Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov va Olmaliq shahar prokurori Abdumalik Kuldashevlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlariga qaratilganini ta'kidlashib, barchani ayyom bilan qutlashdi.
Shuningdek, tadbirda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Yoshlar ittifoqi hamda Axborot xizmati hamkorligida tashkil etilgan “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori!” shiori ostidagi ijodiy loyihalar tanlovlarning g‘oliblari hamda bir guruh sport, ta'lim, tibbiyot, madaniyat yo‘nalishida musobaqa va tanlovlarning g‘oliblari e'tirof etilib, ularga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.
Tadbirning badiiy qismida “Metallurg” MS xodimlari tomonidan tayyorlangan ma'rifatparvar ajdodlarimizning bosib o‘tgan yo‘llarini hamda millatimiz ma'naviyati va adabiyotiga qo‘shgan hissalarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar esa barchaga a'lo kayfiyat ulashdi.
Ayniqsa, OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda Olmaliq shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan Konstitutsiyada belgilab berilgan huquqlarimizni o‘zida aks ettiruvchi qo‘l mehnat namunalaridan iborat ko‘rgazmalar ham alohida e'tirof etildi.
Axborot xizmati