Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 21-dekabr kuni “Metallurg” madaniyat saroyida Texnologik transport boshqarmasi va Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Ramazoni sharif” jome masjidi xodimi Yahyo Ergashev, OKMK Komplaens nazorati xizmati boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayev, OKMK IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Shuhrat Artikov, Texnologik transport boshqarmasi boshlig‘ining tovar moddiy boyliklari butligi bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Otabek Maxmadiyarovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari, huquqiy savodxonlikni oshirish va O‘zbekiston Respublikasi kodekslarining ayrim moddalari bilan tanishtirish, plastik kartani xavfsizligiga qaratilgan qoidalariga rioya qilish, qimor o‘yinlarning inson ruhiyatiga ta'siri, kombinatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Tadbirda so‘z olgan Yaxyo Ergashev diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalarini yoshlar orasida muhokama qilinishi lozimligi, har bir masala shu masalaga doir malakali shaxslardan maslahat olishligini muhimligini, yoshlar qalbiga Islom dinining teran mazmun va mohiyatini singdirish jarayonida uning ezgulikka chorlovchi g‘oyalarini chuqurroq singdirish talab etilishini aytib o‘tdi. - Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarga diniy qadriyatlar mohiyati tushuntirilishi jarayonida ularning turli diniy reaksion oqimlar g‘oyalari bilan adashtirmasliklari uchun bizning fikrimizcha ana shu yot g‘oyalarning maqsadi ham tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boisi, bugungi kunda Islom dinini bayroq qilib olgan g‘arazgo‘y dushmanlarimiz yoshlar qalbiga o‘z makkor g‘oyalarini diniy talablarga mos keladi, degan tushunchani singdirishga harakat qilmoqdalar, - deydi Ya.Ergashev.
Shuningdek, Sh.Artikov so‘zga chiqib, huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi kodekslarining ayrim moddalari bilan tanishtirib, izoh berib o‘tdi.
Plastik kartani xavfsizligiga qaratilgan qoidalariga rioya qilish, o‘z mol-mulkiga ish joyida etiborli bo‘lish kerakligini va mehnat intizomiga rioya qilish kerakligini aytib o‘tdi. Har qanday ma'lumot jinoyatchilarni topishga yordam berishi, yoki o‘g‘irlik oldini olish mumkin deb, uning eshiklari har doim ochiqligini aytib, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga e'tiborimizni ko‘proq qaratish kerakligi va doimiy hamkorlikda bo‘lishimiz lozimligini ta'kidladi. Hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lgan muammolardan biri azart o‘yinlar to‘g‘risida tushuncha berib o‘tib, ularning inson ruhiyatiga bo‘lgan ta'siri to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Shu kunlarda yurtimizda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda, - deydi Sh.Jo‘rayev. - Guvohi bo‘lib turganingizdek, Toshkent shahrida joriy yilning 19-dekabr kuni yurtimizda yana bir muhim yirik xalqaro tadbir – Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, 40 dan ortiq davlat delegatsiyalari va xalqaro mukofot sovrindorlari ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda OKMK vakillari ham ishtirok etishgani sharafli albatta.Marosim davomida O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan birgalikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Tadbir doirasida “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan Xalqaro mukofotning ramziy monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan navbatdagi xalqaro darajadagi tadbir O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashuvda qat'iy va dadil pozitsiyada ekanligini keng jamoatchilikka, xalqaro hamjamiyatga namoyon etdi. Mamlakatimiz rahbariyati mazkur jarayonni ochiq, izchil, davomli bo‘lishini va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan strategiya doirasida amalga oshirilishini kafolatladi. Kombinatimiz jamoasi orasida ham ushbu mukofotga loyiq insonlar bor.
Yig‘ilish yakunida so‘zga chiqqan O.Maxmadiyarov bunday chora-tadbirlarning asosiy maqsadi o‘g‘irlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
O.Pirmatov,
TTB Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi