• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiya - barcha islohotlarning ildiziga bolta uradi

29 Noyabr 2024, 9:0 545

Korrupsiya bu – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarni yoxud o‘ziga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.

Aksilkorrupsiya oyiligi doirasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 27-noyabr kuni 2-mis boyitish fabrikasida o‘tkazildi.

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati IIBBning OKMKdagi IIB xodimlari S.Qarshiboyev, Aziz Rasuliy, Bekzod Abdukarimov hamda MTTU MISiS Olmaliq filiali dotsenti, tarix fanlari nomzodi A.Abduqodirovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda mas'ullar korrupsiyaning jamiyatga qanday xavf solinishini, unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishshlar xususida to‘liq ma'lumot berishdi.

2024-yil 28-noyabr kuni Issiqlik elektr markazi ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” mavzusidagi tadbirda ham so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z bordi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBBning OKMKdagi IIB xodimi A.Rasuliy, OKMK komplaens xizmati boshlig‘i v.b. Sh.Jo‘rayev, STTB boshlig‘ining tovar-moddiy boyliklarini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari M.Madmarovlar ishtirok etishdi.

Joriy yilning 27-28 noyabr kunlari Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Kovuldi koni, Ohak zavodi, Portlatish materiallari zavodi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi kabi korxonalarda ham “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda ishtirok etgan huquq-tartibot idoralari xodimlari korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga ayovsiz kurishish lozimligini, buning uchun barcha doim ogoh bo‘lishini ta'kidlashdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech