"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun “Metallurg” MSda “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Korrupsiya millat zavoli va taraqqiyot kushandasi” deb nomlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri maslahatchisi Maksim Pirojkov, ushbu vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Sag‘dullayev, OKMK boshqaruv raisining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Sattarov, OKMK komplayens-nazorat xizmati rahbari Shuhrat Jo‘rayev hamda ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Shuhrat Jo‘rayev aksilkorrupsiya oyligi doirasida kombinatda amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot berib o‘tdi.
Tadbir davomida OKMK komplayens-nazorat xizmati, Axborot xizmati va Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan “Korrupsiya millat zavoli va taraqqiyot kushandasi” tematik videoroliklar tanloviga taqdim etilgan ijodiy ishlar namoyish etildi.
Shuningdek, “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarining muhandis texnik va rahbar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan mini futbol, xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Badminton” sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari va “Eng yaxshi tematik ijtimoiy videorolik” tanlovi g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari topshirildi
“Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.
Ayniqsa, “Metallurg” MS qoshidagi “Rajabboy” badiiy havaskorlik teatr dastasining qatnashchilari ijrosida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli sahna ko‘rinishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Axborot xizmati