Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanovning “9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilishi belgilangan.
Mana shunday davra suhbatlaridan biri bugun Qalmoqqir kon boshqarmasida tashkil etildi. Unda OKMK Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Jurayev, Toshkent viloyati IIBB Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi IIB TQXB, Olmaliq shahar DXX bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Qalmoqqir KB, Portlatish materiallari zavodi, Texnologik transport boshqarmasi, Ohak zavodi, Kovuldi va Yoshlik-1 konlari ishchi-xodimlari uchun tashkil etilgan davra suhbatida Sh.Jurayev kombinatida korrusiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, Komplaens nazorat xizmatining asosiy faoliyati bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.
- Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi, - deydi Sh.Jurayev. -Ta'kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat'iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda, kombinatda samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan kombinatda xaridlar borasidagi hamda ishga qabul qilish bo‘yicha jarayonlar o‘rganilib, tahlil qilib borilmoqda. Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ham bevosita ishchi-xodimlarning korrupsion holatlar bo‘yicha ma'lumot berishi ushbu illatga kurashishimizda samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta'minot ishga tushirilgan.
Agarda siz ishlayotgan korxonangizda korrupsion holatlarga duch kelsangiz Komplaens nazorat xizmatining +998 70 619-15-47, +998 70 619-22-70 raqamlariga yoki E-mail: stop.corruption@agmk.uz pochta maniziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Tadbirda ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Bu kabi davra suhbatlari davom etadi.
Axborot xizmati