• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

28 Noyabr 2024, 8:50 359

So‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini ochiq va shaffof tarzda olib borish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda keskin chora-tadbirlar ko‘rish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Bu boradagi asosiy maqsad, mamlakatni "korrupsiyasiz soha"ga aylantirish, korrupsiya illatiga qarshi mutlaqo murosasiz yondashuvni shakllantirish hamda jamoatchilikda korrupsiyaga qarshi ongli munosabatni targ‘ib qilishdir. Shu maqsadda "9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" deb e'lon qilingan.

Hozirda OKMKda ham Aksilkorrupsiya oyligi doirasida "9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 27-noyabr kuni «Olmaliqmetallurgqurilish» trestida ham Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IBB xodimlari Ixtiyor Jo‘raqulov, Murod Xusanov, Kamol Ravshanov hamda OKMK Komplaens xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Jo‘rayev va trest boshqaruvchisining tovar moddiy boyliklarini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Mingbayevlar ishtirokida ochiq muloqot tarzida tadbir o‘tkazildi.

Mas'ullar tomonidan kombinatning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘nalishida 2024-2025 yillar uchun belgilangan maqsad va vazifalari ishlab chiqilganligini, kombinat miqyosida 279 ta funksiya va vazifalar korrupsiyaga moyillik darajasini baholashdan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va bartaraf etish tartibi,  manfaatlar to‘qnashuviga oid kadrlar va ma'muriy tizimni shakllantirish maqsadida deklaratsiyalar, xabarnoma hamda reyestr yuritish ishlarini to‘liq raqamlashtirish ishlari olib borilayotganligi ta'kidlandi.

Shu kuni oylik doirasida trest muhandis-texnik xodimlari o‘rtasida shaxmat, stol tennisi, darts kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar ham tashkil etildi. Bizga bu haqda trest kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Obid Sarkayev ma'lum qilmoqda.

Bundan tashqari, bu kabi tadbir joriy yilning 26-noyabr kuni Avtomobil transport boshqarmasida ham o‘tkazildi. ATB yoshlar ittifoqi Azamat Abdujabborovning ma'lum qilishicha, tadbirda OKMK Komplaens xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Jo‘rayev, ATB boshlig‘ining tovar moddiy boyliklarini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hamzaev va ATB bosh muhandisi Shuhrat Ergashevlar ishtirok etishgan.

Samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasasi kurashish lozimligi ta'kidlangan.

Mis boyitish fabrikasi ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan profilaktik tadbirda OKMK boshqaruv raisining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari J.G‘iyosov,  Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IBB boshlig‘i 1-o‘rinbosari Sh.Artikov, IIB xodimlari A.Abdusamatov, A.Azamatov, J.To‘rayev, B.Abdullayev va Toshkent viloyati IIBB kiber xavfsizlik bo‘yicha maxsus xodimi R.Alimovlar qatnashdi.

Mas'ullar kombinat faoliyatining ochiqligi, jamoatchilik va fuqarolar  oldida hisobdorligini ta'minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, shuningdek tarkibiy bo‘linmalar faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, aniqlangan holatlarni tartibga solish va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berishdi. Bizga bu haqida MBF yoshlar ittifoqi raisi v.b. Kamoliddin Abdikulov xabar qilmoqda.

Shuningdek, shu kabi tadbir Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida ham tashkil etildi.

“Ochiq eshiklar” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IBB TB katta tergovchisi A.Rasuliy, STTB boshlig‘ining tovar moddiy boyliklarini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari M.Madmarovlar ishtirok etishdi.

Mas'ullar yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qonunlar, normativ hujjatlar bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etishdi. Yana bir bor barcha ishtirokchilar ogohlikka chorlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu