"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi “2026-2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyati yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori, Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligining 58-sonli buyrug'i hamda OKMKning 700-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida “Jonajon kombinatimizni korrupsiyadan mutlaqo holi hududga aylantiraylik!” shiori ostida har hafta kombinat tarkibiy bo‘linmalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shu kabi navbatidagi profilaktik tadbirlar Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti hamda Avtomobil transporti boshqarmasida tashkil etildi.
Tadbirlarda Olmaliq shahar hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Jamshid Pardayev, OKMK Komplayens bo‘limi mas’ul xodimi Gulnoza Sabriyeva, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB xodimlari ishtirok etishdi.
Unda so‘z olgan Gulnoza Sabriyeva mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. U davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yilning korrupsiyaga qarshi kurashda “favqulodda holat” yili deb e’lon qilinishi bu illatga nisbatan murosasizlikni yangi, qat’iy bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi va ayni paytda kombinatda bu borada bajarilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.
Korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyot kushandasi bo‘lgan turlari, xususan, maishiy korrupsiya, byurokratik va tizimli korrupsiya, mansab mavqeini suiiste’mol qilish hamda yashirin iqtisodiyot bilan bog‘liq xavf-xatarlar xususida atroflicha to‘xtaldi.
Ayniqsa, sanoat tarmoqlarida uchrashi mumkin bo‘lgan ushbu illat turlarining oldini olishda kombinatda joriy etilgan komplayens-nazorat va raqamlashtirish tizimi eng samarali vosita bo‘lib xizmat qilayotganini alohida e’tirof etdi. Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi nafaqat qonunchilikka zid, balki korxonaning xalqaro bozordagi nufuzi va investitsiyaviy jozibadorligiga ham putur yetkazishi qayd etildi.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan kiberjinoyatlar qurboniga aylanish, firibgarlar tuzog‘iga tushib, bank kartalaridagi mablag‘larni boy berish xavfi yuqoriligi tushuntirildi. Firibgarlarning bugungi kunda eng ko‘p qo‘llayotgan aldov usullari, xususan, Telegram orqali yuborilayotgan shubhali .apk (ilova) fayllar, soxta yutuqli o‘yinlar aks etgan havolalar va o‘zini bank xodimi deb tanishtirib qo‘ng‘iroq qilayotgan soxta operatorlar haqida hayotiy misollar keltirib o‘tdilar. Ushbu tuzoqlardan himoyalanish uchun plastik kartalarning maxsus kodlarini va telefonga keladigan bir martalik SMS-kodlarni hech kimga aytmaslik, shaxsiy profillarda ikki bosqichli autentifikatsiya tizimini yoqish shartligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda soʻz olgan Jamshid Pardayev yurtimizda din erkinligi haqida ma’lumotlar berib, din niqobi ostidagi yot g‘oyalar ta’sirigi tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chorladi.
Tadbir yakunida ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligi va mas’uliyatini oshirish, har bir bo‘g‘in xodimida ushbu korrupsiyga nisbatan murosasiz boʻlish lozimligi uqtirildi.
Agar siz korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz yoki shubhali harakatlarni kuzatsangiz, qo‘rqmasdan quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi:
Ishonch telefoni: (+998 71) 619 23 33 yoki (+998 71) 619 51 16;
Telegram bot: @agmk_bot
Elektron pochta: stop.corruption@agmk.uz.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlar barcha tarkibiy bo‘linmalarda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tadbirlarda “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish”, “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish”, shuningdek “Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabrdagi O‘zbekiston xalqi va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi” kabi mavzular qamrab olinadi.
Axborot xizmati