• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz”

05 Dekabr 2022, 9:9 798

Joriy yilning 2-dekabr kuni “Metallurg” MSda “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi chora-tadbirlar dasturining yakuniy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Boshqarma boshlig‘i Bekzod Raxmonov, OKMK boshqaruv rasining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Sa'di Shermatov, Komplaens-nazorat xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Jo‘rayev, huquq tartibot idoralari hamda “Ramazoni sharif” jome' masjidi mas'ullari ishtirok etishdi.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti 2021-yil yakuni bo‘yicha “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”ning yangilangan reytingini e'lon qildi. Unda, O‘zbekiston 2020-yilga nisbatan 6 pog‘onaga ko‘tarilib,

180 mamlakat orasida 140-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston mazkur indeksda so‘nggi besh yil davomida barqaror o‘sish (2017-yilda 22 balldan 2021-yilda 28 ballgacha) qayd etib, mintaqadagi tez sur'atlarda yaxshilanib borayotgan davlatlar qatorida e'tirof etildi.

Bu ko‘rsatkich zamirida davlat organlarining moliyaviy va boshqa turdagi faoliyatlari ochiqligi ta'minlash, ular faoliyati ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatish, davlat xizmatiga ishga qabul qilishning oshkora mexanizmlari yo‘lga qo‘yish, yer uchastkalari, davlat aktivlari va boshqa turdagi mol-mulklarni har qanday fuqaro qatnashishi mumkin bo‘lgan onlayn auksionlarda realizasiya qilish, aholiga 150dan ziyod davlat xizmatlarni byurokratiya va inson  omilisiz ko‘rsatish  kabi  yo‘nalishlarda erishilgan aniq natijalar turibdi.

Eng asosiysi - bugun fuqarolarimizda, keng jamoatchilikda korrupsiya illatiga nisbatan toqatsiz munosabat shakllanmoqda. Korrupsiyaviy xatti-harakatlar OAV va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining doimiy diqqat markazida turibdi.

Albatta, mamlakatimizning mazkur reytingdagi o‘rni hali maqtanarli darajada emas. Hali oldinda qilinishi kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlar turibdi.

Jumladan, yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish, kombinat ishchi va rahbar  xodimlarining  mol-mulki va daromadlarini ochiqlash, Kombinat va uning tarkibiy  bo‘linmalaridagi  barcha munosabatlarda manfaatlar to‘qnashuviga  chek qo‘yish,  korrupsiya  jinoyatlari uchun  keskin  jazo  choralarini  qo‘llash, jazo  muqarrarligi  tamoyilini  ta'minlash, kombinat faoliyatining  turli  jabhalarida  halollik  standartlarini  singdirish, ishchi va xodimlarning korrupsiyaga qarshi bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish – shular jumlasidandir.

Tadbirda yuqoridagi fikr-mulohazalar bildirildi.

Mavzuga oid videorolik ham taqdim etildi.

“Metallurg” madaniyat saroyi qoshidagi “Rajabboy” badiiy havaskorlik teatr dastasining qatnashchilari ijrosida: “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli sahna ko‘rinishi tomoshanbinlar hukmiga havola etildi.

Shuningdek, “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” chor-tadbirlari dasturi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari va zakovat o‘yini hamda eng yaxshi video rolik tanlovi g‘oliblari pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech