Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko‘rsatayotgan yoxud ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
“9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Olmaliq KMK” AJ ijro apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida “Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz” mavzusida tashkil etilayotgan davra suhbatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshiralayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Jumladan, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi, Rux zavodi, Markaziy tahlil laboratoriyasi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, Markaziy metrologiya laboratoriyasi, Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi, Texnik nazorat xizmati, 2-sonli Mis boyitish fabrikasi, Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Sanoat suv ta'minoti sexi, Texnik xavfsizlik tizimi xizmati, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo'yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kabi korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda OKMK kompleans-nazorati xizmati boshlig‘i v.b. Sh.Jo‘rayev hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etishdi.
Mas'ullar tomonidan korrupsiya illatining mazmun-mohiyati, kelib chiqish tarzi, bugungi kunda unga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar tahlili, onlayn qimor o‘yinlarining ayanchli oqibatlari, ayniqsa so‘nggi paytlarda ko‘p uchrayotgan plastik kartasi bilan bog‘liq bo‘lgan firibgarliklar haqida ma'lumotlar berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan davra suhbatlari mobaynida ishchi-xodimlarning doimo ogoh bo‘lishi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurashish lozimligi ta'kidlandi.
Axborot xizmati