• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaga qarshi hamma birdek kurashishi lozim!

25 Noyabr 2022, 9:22 1077

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Tabiiyki, ayrim kishilarda korrupsiya nima degan savol tug‘ilishi mumkin. Bu haqda hammaning o‘ziga xos fikri, tasavvuri va tushunchasi bor. Qonun tili bilan aytganda, korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

Korrupsiya – vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyot izdan chiqadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, hokimiyatga ishonch yo‘qoladi, jamiyat ma'naviyati buziladi. Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu illatni yo‘qotmas ekanmiz xalqimizning rozi-rizoligiga, yurtimiz ravnaqi, iqtisodiyotimiz o‘sishi va eng muhimi jamiyatimizda adolat tuyg‘usini qaror toptirib bo‘lmaydi. Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Faqat bu jarayonda vatandoshlarimizdan hushyorlik va mas'uliyat talab etiladi. Jamiyatning ushbu illatiga qarshi kurashishda har birimiz ogoh bo‘lsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ushbu fikrlar OKMKda davom etayotgan aksilkorrupsiya oyligida doirasida tashkil etilayotgan “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusidagi navbatdagi davra suhbatlarida bildirildi.

Navbatdagi davra suhbatlari joriy yilning 23-24 noyabr kunlari O‘quv markazi, Turar joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlari boshqarmasi, Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi, Avtomobil transporti boshqarmasi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi, Markaziy analitika laboratoriyasi, Markaziy metrologiya laboratoriyasi kabi korxona ishchi-xodimlari uchun tashkil etildi.

Unda OKMK Kompleans nazorat xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Jurayev, Toshkent viloyati IIBB Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi IIB TQXB, Olmaliq shahar DXX bo‘limi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berildi. Har qanday huquqbuzarlik holatiga huquqiy baho berilishi ta'kidlandi.

Davra suhbatida ishchi-xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Agarda siz ishlayotgan korxonangizda korrupsion holatlarga duch kelsangiz Kompleans nazorat xizmatining +998 70 619-15-47, +998 70 619-22-70 raqamlariga yoki E-mail: stop.corruption@agmk.uz pochta maniziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech