Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanovning “9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida turli xil davra suhbatlari, tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 30-noyabr va 1-dekabr kunlari Angren kon boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, 2-MBF, Texnik nazorat xizmati, Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish markazi ishchi-xodimlari va rahbarlari ishtirokida navbatdagi davra suhbatlari o‘tkazildi.
Unda OKMK Komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i v.b. Shuhrat Jo‘rayev, huquq tartibot idoralari xodimlari, “Ramazon sharif” jome' masjidi mas'uli ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mas'ullar korrupsiyaning salbiy oqibatlari, kelib chiqish tarixi va mamlakat taraqqiyotiga ta'siri borasida mazmunli ma'ruza qilishdi.
Jamiyat ravnaqiga to‘siq bo‘layotgan ushbu illatga barcha birdek kurashishi lozimligi ta'kilandi.
B. Sobirjonov,
MBF Yoshlar ittifoqi raisi