"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-81-sonli va 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-240-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 6-15 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta'minlash (14 soat)moduli bo‘yicha qisqa muddatli kurs tashkil etildi.
Ushbu o‘quv kursida OKMK tarkibiy bo‘linmalaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” tizimiga mas'ul xodimlarning malakasi oshirildi. O‘quv kursi masofaviy shaklda ish joyidan ajralmagan holda tashkil etildi.
O‘quv kursi yakunida mavzu bo‘yicha tinglovchilar test sinovlari orqali olgan bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Shuhrat Jo‘rayev,
OKMK Komplaens-nazorat xizmati boshlig‘i