• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaga qarshi kurashish, moliyaviy boshqaruvni raqamlashtirish va korrupsion risklarni kamaytirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

28 Avgust 2023, 10:32 427

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida Hisob palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda 30 dan ortiq vazirlik va idora, xalqaro ekspertlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, moliyaviy boshqaruvni raqamlashtirish hamda korrupsion risklarni kamaytirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha idoralararo seminar o‘tkazildi.

Unda davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek “O‘zbekneftgaz” AJda, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, idoralarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan inson omilini qisqartirish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish orqali optimallashtirish, korrupsiyaga qarshi intizomni mustahkamlash, me’yoriy-xuquqiy bazani takomillashtirish, korrupsion xatarlarni kamaytirish, turli talon-tarojliklar va bu bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha nazorat-profilaktik ishlar amalga oshirilganligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan o‘z yo‘nalishlarida korrupsiyani oldini olish masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berilib, tajribalar o‘rtoqlashildi.

Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yuzasidan ilg‘or tajribalar, “Raqamli hukumat” doirasida davlat organlarini raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari, xorijiy auditorlar tomonidan komplayens tizimini raqamlashtirishda ilg‘or xalqaro amaliyotlar bo‘yicha master-klasslar o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida, bu kabi yig‘ilishlarni muntazam o‘tkazilishi yuzasidan takliflar berildi.

Mazkur seminarda OKMK Kompleans nazorat xizmati mas`uli ham ishtirok etdi.

Manba: @Uzbekneftgaz

Bo`lishmoq:
Text to speech