• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha birdek faol bo‘lishi lozim!

22 Noyabr 2023, 14:37 201

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanovning “9-dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat ijro apparati va hamda kombinat tarkibiy bo‘linma va korxonalarida Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish va keng ko‘lamda o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida “Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz” mavzusidagi davra suhbatlari o‘tkazish belgilangan.

Jumladan, bu davra suhbatlari 21-22 noyabr kunlari Qalmoqqir kon boshqarmasi hamda O‘quv markazida tashkil etildi.

Tadbirlarda Qalmoqqir KB, Kovuldi koni, Portlatish materiallari zavodi, Texnologik transport boshqarmasi, Ohak zavodi, Yoshlik-1koni, O‘quv markazi, Uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi hamda Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi kabi kombinat tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirlarda qatnashgan OKMK Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Juraev, Toshkent viloyati IIBB TQX kiberxavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi, leytenant Ramziddin Alimov va Toshkent viloyati DXX boshqarmasi xodimlari korrupsiya illatining kelib chiqish va uning oqibatlari to‘g‘risida ma'lumot berishdi.

Ta'kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investisiyaviy jozibadorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, mas'ullar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda va kombinatda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha bilimlarini sinash maqsadida interfaol usulda viktorina o‘yini ham tashkil etildi.

Xurshid Abdullayev,

Qalmoqqir KB direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech