Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash pirovard maqsad

11 Sentyabr 2026, 14:38 30

Ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi “2026-2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyati yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori, Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligining 58-sonli buyrug'i hamda OKMKning 700-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida “Jonajon kombinatimizni korrupsiyadan mutlaqo holi hududga aylantiraylik!” shiori ostida har hafta kombinat tarkibiy bo‘linmalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Shu kabi navbatidagi profilaktik tadbirlari Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish markazi hamda Muhandislik maktabida tashkil etildi.

Tadbirlarda Olmaliq shahar hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Jamshid Pardayev, OKMK Komplayens bo‘limi mas’ul xodimi Gulnoza Sabriyeva, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Gulnoza Sabriyeva mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tar ekan, korrupsiya tushunchasining mazmun-mohiyati, turlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyot kushandasi bo‘lgan xavfli turlari, xususan, maishiy, byurokratik va tizimli korrupsiya, mansab mavqeini suiiste’mol qilish hamda yashirin iqtisodiyot bilan bog‘liq salbiy oqibatlar xususida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Ayniqsa, sanoat tarmoqlarida uchrashi mumkin bo‘lgan bu kabi illatlarning oldini olishda kombinatimizda keng joriy etilgan komplayens-nazorat va tizimlarni raqamlashtirish jarayonlari eng samarali hamda ishonchli vosita bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda so‘z olgan Jamshid Pardayev Islom dinida ham korrupsiya, poraxo‘rlik va o‘zgalar haqqini nohaq yo‘llar bilan o‘zlashtirish qat’iyan harom qilingan ulkan gunohlardan ekanligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari ham korrupsion holatlarga alohida to‘xtalishdi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.Agar siz korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz yoki shubhali harakatlarni kuzatsangiz, qo‘rqmasdan quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi:

Ishonch telefoni: (+998 71) 619 23 33 yoki (+998 71) 619 51 16;

Telegram bot: @agmk_bot

Elektron pochta: stop.corruption@agmk.uz 

Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlar barcha tarkibiy bo‘linmalarda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tadbirlarda “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish”, “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish”, shuningdek “Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabrdagi O‘zbekiston xalqi va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi” kabi mavzular qamrab olinadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech