"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332025-yil 18-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida markaziy арраrаt, tizimosti kоrхоnalar rahbarlari va komplayens xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tadbir o‘tkazildi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Z.Hazratqulov ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiya holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf qilish, vazirlik, uning tizimosti korxonalari hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligini davom ettirish zarurligi, komplayens nazorat tuzilmalar xodimlarining xushyorligini oshirish davr talabi ekani ta’kidlandi.
Mazkur tadbirda OKMK rahbariyati va Komplayens xizmati mas'ullari ham videokonferens aloqa orqali ishtirok etishdi.