• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz”

20 Noyabr 2023, 10:34 544

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat Ijro apparati hamda kombinat tarkibiy bo‘linma va korxonalarida Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil qilish va keng ko‘lamda o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Buyruqqa ko‘ra, OKMK Ijro apparati hamda tizimdagi barcha korxona va tarkibiy bo‘linmalarda “Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish va keng  ko‘lamda  tashkil etish  belgilandi.

Buyruqda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi raisi T.Narbayeva tomonidan 2023-yil 23-avgustda tasdiqlangan 10-son bayonnoma bilan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar Rejasi” rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.

Bundan tashqari, kombinat ijro apparati bo‘linmalari hamda tizimdagi barcha korxona va tarkibiy bo‘linmalarda “Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz” shiori ostida o‘tkaziladigan “Chora-tadbirlar  rejasi” hamda kombinat tarkibiy bo‘linmalari va korxonalar kesimida o‘tkaziladigan mavzuga oid “Davra  suhbatlari  Reja  jadvali”  tasdiqlandi.

“Korrupsiyani faqatgina birgalikda yenga olamiz” dolzarb aksilkorrupsiyaviy haftalik kampaniya doirasida kombinat Ijro apparati, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalari va korxonalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, bir qator tadbirlar tashkil etiladi.

Jumladan, kombinati tarkibiy bo‘linmalarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Ijro apparati, shuningdek tarkibiy bo‘linma va korxonalar xodimlari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, davra suhbatlari, ochiq eshiklar kuni va seminarlar tashkillashtirish ko‘zda tutilgan.

Noyabr-dekabr oylarida kombinat tarkibiy bo‘linmalari va korxonalari yoshlari o‘rtasida “Korrupsiya millat zavoli va taraqqiyot kushandasi” mavzusida eng yaxshi tematik ijtimoiy videoroliklar tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etiladi.

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi  kurashish kuni” munosabati bilan Kombinat tarkibiy bo‘linmalarining muhandis texnik va rahbar xodimlari o‘rtasida mini futbol musobaqalari o‘tkaziladi.

Ushbu tanlov va sport musobaqalari g‘oliblarini  taqdirlash hamda yakuniy bayram dasturi “Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilishi ham belgilangan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech