• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish lozim!

10 Oktyabr 2022, 8:44 860

O‘quv markazi tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida muntazam ravishda korrusiyaga qarshi kurashish maqsadida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Davra suhbatlarida O‘quv markazi ishlab chiqarish ta'lim ustalari tomonidan ishchi-xodimlarga kasb toifasini oshirish tartibi va imtihon jarayonlarida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash masalasi qat'iy hisobga olingan. Korrupsiyaga aralashgan, bu jirkanch illatga qo‘l urgan odam uchun ulug‘ narsalar, mo‘tabar tuyg‘ularning qadri yo‘qoladi. Bunday odamlar hayotda hamma narsani sotib olish va sotish mumkin, deb o‘ylaydi. Ular iymon-e'tiqodga ishonmaydi, ayni paytda bunday kimsalarga hayot uchun aziz sanaladigan hech narsani ishonib bo‘lmaydi. Chunki ular ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, yor-u birodarlari, mahalla-ko‘yning yuzini yerga qaratishdan, boshini egishdan uyalmaydi.

Davra suhbatlari davomida korrupsiyaning ayanchli oqibatlari haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.

Bu kabi tadbirlar davom etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech