• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korxonalarda jamoa shartnomasi bajarilishi qoniqarli

27 Fevral 2023, 10:2 1256

Xabaringiz bor, kombinat korxonalarida 2020-2022 yillar uchun mo‘ljallangan "Olmaliq KMK" AJ Jamoa Shartnomasining 2022-yildagi ijrosi hamda 2023-2025 yillar uchun  tuzilayotgan Jamoa Shartnomasining muhokamasiga bag‘ishlangan  konferensiyalar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘tgan haftada ana shunday hisobot konferensiyalari Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish Birlashmasi, Uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi, Mis eritish zavodi, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Angren kon boshqarmasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi, Portlatish materiallari zavodi, Xondiza kon boshqarmami kabi mehnat jamoalarida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda mehnat jamoalari rahbarlari hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari 2022-yilda qilingan ishlar va istiqbolli rejalar to‘g‘risida Konferensiya ishtirokchilariga hisobot berishdi.

Konferensiyada ishtirok etgan kasaba uyushmasi Kengashi mas'ullari kasaba uyushmasi tizimida olib borilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar to‘g‘risida qisqacha ma'lumot berib o‘tishdi.

Yuqorida nomlari qayd etilgan korxonalar kasaba uyushmalarining 2 yillik hisobotlar monitoringi natijalariga ko‘ra, ishchi-xodimlarni davolash-profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan kasaba uyushma a'zolariga moddiy ko‘mak ko‘rsatish, xodimlarning farzandlarini oromgohlarda dam oldirish, sportga keng jalb etish ishlarida rejadan ortiq bajarilgan.

Hisobotlarni muhokama etish jarayonida kasaba uyushmasi qo‘mitasi qoshidagi komissiya a'zolari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berishdi. Muzokaralar davomida har bir korxonaning konferensiya delegatlari jamoa shartnomasining 2022-yilgi tadbirlarini bir ovozdan qoniqarli bajarildi deb baholashdi.

Shuningdek, mazkur konferensiyalarda Mehnat Kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech