"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kovuldi koni mehnat jamoasi joriy yilning 9 oyi davomida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni oshig‘i bilan bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Jumladan, oltin tarkibli ruda qazib olish rejasi 104,7%ga bajarilgan holda, o‘sish sur'ati +102,7%ga yetkazildi.
Oltin tarkibli rudani qayta ishlash vazifasida +104%lik o‘sish sur'ati qayd etilib, reja 105,9%ga bajarildi.
Shuningdek, konsentratda 1-metall rejasi 110,3%ga, 2-metall rejasi esa 112,1%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Ma'lumot uchun: Kovuldi koni Olmaliq shahridan 25 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, kondan Mis eritish zavodiga jo‘natiladigan va metallurgik ishlov berishda flyus sifatida ishlatiladigan oltin tarkibli kvars rudasi qazib olinadi. Ushbu kon yerosti koni hisoblanadi.
Axborot xizmati