Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Oʻquv Markazi Muhandislik maktabi tinglovchilari uchun muntazam tarzda xorijiy oqituvchilar tomonidan mashgʻulotlar va seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 17-fevral kuni Yaponiyaning Akita universiteti professor-oʻqituvchisi Atsushi Shiboyama va Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining xorijiy delegatsiyasi Muhandislik maktabida boʻlishdi.
Tashrif davomida professor Atsushi Shiboyama tomonidan metallurgiya va boyitish yoʻnalishi boʻyicha tehsil olayotgan tinglovchilar uchun “Gidrometallurgiya asoslari va qoʻllanilishi” mavzusida oʻquv seminari hamda “Potentsial flotatsiya boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, kunchiqar yurt vakillari va OKMK mutaxassislari oʻrtasida metallurgiya va boyitish sohalari boʻyicha oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.
Mahliyo Rahmanova,
Oʻquv Markazi Muhandislik maktabi marketing boʻlimi mutaxassisi
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: