• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Kunduzsiz kechalar"

03 Mart 2023, 10:15 1801

Inson ma'naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini  teranlashtirishda teatr san'atining o‘rni beqiyos. Zero, san'at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma'naviyat va ma'rifat maskanidir.

“Metallurg” madaniyat saroyida kombinat ishchi-xodimlari va hamshaharlarimiz uchun namoyish etilgan “Kunduzsiz kechalar" spektaklida xalqimizni sevimli yozuvchisi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning achchiq taqdiri, qatag‘on yillarining tahlikali damlari, haqiqat, adolat uchun kurashgan yozuvchining fojeasi,  va o‘z jonini saqlash uchun sotqinlikdan ham toymaydigan odamlarning qiyofasi ko‘rsatilgan.

Mazkur spektakl O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, xalqaro Bobur mukofoti sohibi Muhammadali Abduqunduzov tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, unda rollarni O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari ijro etishdi.

Ma'rifatparvar adib Abdulhamid Cho‘lponning hayoti va ayanchli qismati, millatimiz ziyolilarining istiqlol yo‘lidagi kurashlari, mustabid tuzum davri voqealari yoritilgan sahna asari kombinat mehnatkashlari, ta'lim muassasalari o‘quvchilari va hamshharlarimizda katta taassurot qoldirdi.

Joriy yilning 28-fevral, 1-2 mart kunlari OKMK rahbariyati tashabbusi bilan "Metallurg" MSda tashkil etilgan spektakl 2 seansda namoyish etildi.

2 mart kuni o‘tkazilgan spektakl' namoyishidan so‘ng, mazkur sahna asarining ijodkorlari bilan uchrashuv ham tashkil etildi. Unda OKMK rahbariyati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi mas'ullari so‘z olib, ushbu spektakl' Olmaliqliklarga va kombinat ishchi-xodimlariga manzur bo‘lishganini ta'kidlashib, o‘z minnatdorchiligini bildirishdi. Bu kabiy ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bardavomlik kasb etishi ma'lum qilindi.

Tadbirda Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali rahbariyatining bugun 3-mart kuni ham 1 seansda oliygoh talabalari uchun spektakl namoyishi o‘tkazilishini so‘rab bildirgan taklifi ma'qullandi.

Tadbir davomida ijodkorlarga esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech