Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ushbu savolga ayni kunlarda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mas'ullari hamda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti mutaxassislaridan iborat ishchi guruh javob izlamoqda.
Mazkur ishchi guruh tomonidan boshqarma obyektlarida o‘rganish ishlari olib borilayapti. O‘rganish davomida binolarning tom qismi, issiqlik tizimi, sovuq va issiq suv tizimi quvurlari, elektr ta'minoti texnik ko‘rikdan o‘tkazilayapti. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki IOB tarkibida hozirgi kunga kelib 38 ta korxona va muassasa (16 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 5 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, “Metallurg” madaniyat saroyi, sanatoriy-profilaktoriy, “Oltin olma” pansionati, “Bolajon” va “Yoshlik” bog‘lari, “Delfin” akvaparki, “Vesna” mehmonxonasi, “Nuroniy” faxriylar uyi, dezinfeksiyalash uchastkasi, “Metallurg” sport majmuasi, OKMK sport o‘yingohlari, ta'mirlash uchastkasi) mavjud.
Yuqoridagi obyektlarda ekspluatasiya qilinib kelinayotgan elektr uskunalarni ta'mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishi va ularni soz holatda bo‘lishi bilan bog‘liq chora-tadbirlar IOBning maxsus ta'mirlash uchastkasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda kuz-qish mavsumida IOBda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarga munosib shart-sharoitlarni yaratish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
O‘tgan davrda IOB tasarrufidagi jami 16 ta Maktabgacha ta'lim tashkilotlari (2, 4, 7, 8, 9, 12, 18, 21, 22, 28, 31, 33, 34-MTT) va “Nuroniy” faxriylar uyida “CRANDRAF” elektr kompressorida isitish tizimlari opressovkasi amalga oshirildi. Isitish tizimining registr va radiatorlarida tozalash ishlari bajarilib, berkitish armaturalaridagi rezinali qo‘yilmalar almashtirildi.
18-MTTda D=80 mm bo‘lgan berkitish armaturasi, rezinali qo‘yilmalar almashtirildi, 200 m2 yumshoq quyma tom qismi ta'mirlandi. 21-MTTda D=80 mm bo‘lgan berkitish armaturasi, rezinali qo‘yilmalar yangilandi.
22-MTTda guruhlardagi registrlar, D=50 mm bo‘lgan elevatordagi berkitish armaturasi, rezinali qo‘yilmalar almashtirildi.
31-MTTda transheyalar kovlandi va D=63m, D=28 mm bo‘lgan sovuq suv quvurlari, D=50 mm bo‘lgan berkitish armaturasi, rezinali qo‘yilmalar almashtirildi.
34-MTTda 150 m2 yumshoq quyma tom qismi ta'mirlanib, D=80 mm bo‘lgan berkitish armaturasi, rezinali qo‘yilmalar almashtirildi va 150 m2 yumshoq quyma tom qismi ta'mirlandi.
Shu bilan bir qatorda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bir qatori vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, “Vesna” mehmonxonasida elevator tizimi quvurlari qisman almashtiriladi. 21-MTT yerto‘lasidagi markaziy sovuq suv tizimi quvurlari, 8-MTT tom qismi shiferlari yangilanadi.
IOB tarkibidagi barcha MTTlarda umumiy hisobda 100 ta isitish registr quvurlari yangilanishi ko‘zda tutilgan.
OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi