Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Masofaviy ko‘rinish, murakkab sohalarning ham aniq va tushunarli talqini, vaqt va manzildan qat'iy nazar ta'limning sifatli tashkil etilishi endilikda OKMK ishchi-xodimlariga tadbiq etiladi. Learning management system dasturiy ta'minoti ya'ni Ta'limning boshqarish tizimi, ayni sohadagi yangi platforma O‘quv markazi tashabbusi bilan malaka oshirish jarayonlarida tashkil etilishi belgilangan.
Ahamiyatlisi tizimdagi interfaol usullar orqali amaliyot uchun o‘ta zarur bo‘lgan ta'lim sifatini oshirish mumkin. Bitta kurs ma'ruza va seminarlar, taqdimot hamda video darslardan iborat.
Joriy yilning 20-yanvar kuni yangi o‘zlashtirilayotgan tizim taqdimoti hamda mavzu yuzasidan MTTU MISiS Olmaliq filialida O‘quv markazining kengaytirilgan yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilishda O‘quv markazi tarkibida o‘z faoliyatini olib borayotgan 250 ga yaqin o‘qituvchilar, muhandis xodimlar ishtirok etdi. Taqdimot avvalida OKMK boshqaruv raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov va O‘quv markazi rahbari v.b Doniyor Karimovlar ishlab chiqarishning har bir jarayonlarida bilimli kadrlarning zarurligi va bu borada yangi tizim ko‘pchilikni qamrab olishi va samarali ekanligini ta'kidlab o‘tishdi.
Shundan so‘ng, O‘quv markazining ishlab chiqarish ta'lim ustasi Ma'ruf Toshov tomonidan Learning management system dasturiy ta'minotining ishlash tartibi, asosiy vazifalari yig‘ilganlarga batafsil tushuntirib berildi.
Yig‘ilishda mutasaddilar tomonidan mamlakatimizda tez orada muhandislar maktabining tashkil etilishi va aynan kon-geologiya yo‘nalishidagi ta'lim jarayonlari 50 ta yo‘nalishda OKMK negizida olib borilishi ta'kidlandi. Buning uchun esa, malakali mutaxassislarni tayyorlash, muhandislar maktabini kuchli kadrlar bilan ta'minlash masalasi muhimdir.
Ishchi-xodimlar dasturga kiritilishi mumkin bo‘lgan takliflarini bildirishib, qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.
Har tomonlama muhim va ahamiyatli tizim nafaqat ta'limning interaktiv jarayonlari balki, elektron kutubxonadan foydalanish, oldingi darslarni qayta ko‘rish, o‘qituvchi bilan individual bog‘lanish imkoniga ham ega. Dasturning mobil ilovasi ham mavjud.
Ahamiyatlisi, dastur mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayorlash uchun zavod harajatlarini kamaytiradi. Natijada yiliga 10 000 nafar xodim o‘qitiladi va o‘qitish xarajatlari 15 foizga qisqaradi.
Axborot xizmati